@examabbot

Natijalaringiz endi Telegramga keladi

AbExam boti imtihon natijangiz chiqishi bilan xabar beradi, natija varaqasini PDF qilib yuboradi, imtihon kuniga navbatga yozadi va imtihondan oldin eslatadi. Bepul.

Saytga kiring

Natijalar avtomatik kelishi uchun avval saytga kiring, so'ng shu sahifada «Botni ulash» tugmasini bosing.

Kirish va ulash Botni ochish (imtihonga navbat)

Bot nimalar qiladi

Natija avtomatik keladi

Imtihon natijangiz chiqishi bilan xabar oladi. Writing tekshirilgach ham darhol bildiradi — saytni qayta-qayta ochish shart emas.

PDF natija varaqasi

Listening, Reading, Writing ballari va izohlar bilan PDF. Ota-onangiz yoki o'qituvchingizga yuborish oson.

Imtihonga navbat

Rejadagi imtihon kunlarini ko'ring va bir necha bosishda yoziling. Boshqa o'quv markaz o'quvchilari ham yoziladi.

Eslatma

Imtihondan bir kun oldin bot navbat raqamingiz va manzil bilan eslatadi.

Admin bilan aloqa

Savolingizni yoki to'lov chekini botga yuboring — admin javobi shu yerga keladi.

Ball kalkulyatori

To'g'ri javoblar sonini yuboring (masalan 32) — Listening/Reading bandini darhol aytadi.

Qanday ulanadi — 3 qadam

«Botni ulash» tugmasini bosingSaytga kirgan holda — shu sahifada, bosh sahifada yoki imtihondan keyin.
Telegramda Start bosing@examabbot ochiladi. Faqat Start — boshqa hech narsa yozish shart emas.
Tayyor!Bot «Hisob ulandi» deb yozadi va oxirgi natijangizni yuboradi.

Boshqa yo'l: botda «Natijalarim» → «Raqamni yuborish». Saytda shu raqam bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, hisob ulanadi.

Savollar

Bot pullikmi?

Yo'q, bot butunlay bepul.

Telegram raqamim saytdagidan boshqa bo'lsa-chi?

Muammo emas: «Botni ulash» tugmasi raqamga qaramaydi, hisobingizni to'g'ridan-to'g'ri ulaydi.

Xabarlar kelmayapti

Botni bloklamaganingizni tekshiring va botga /start yozing. Shu sahifada holat «Bot ulangan» bo'lishi kerak.

Qanday uzaman?

Shu sahifada «Botni uzish» tugmasi yoki botda «Hisobim» → «Hisobni botdan uzish».